Mayoral Ronaldudan olgan sabog'ini esladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

Madridning “Real” klubi hujumchisi Borxa Mayoral Krishtianu Ronaldudan olgan saboqni esladi.
“Bir marta mashg'ulotlarga kechikdim. Ichkariga kirganimda hech kim menga bir og'iz so'z aytmadi, lekin keyin Krishtianu Ronaldu menga o'girilib, “Borxa, sen yoshsan, mashg'ulotlarga kechikib bo'lmaydi, bir soat oldin paydo bo'lishing kerak”, degandi.
O'shandan beri men hech qachon kechikmadim", - deydi futbolchi.
O'tgan mavsumda Borxa Mayoral Italiyaning "Roma" va "Xetafe" klublarida ijara asosida o'ynagan. Transfermarkt 25 yoshli futbolchini 9 million evroga baholamoqda. Hujumchining “Real” bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193