So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Yunon-rum kurashi. O'zbekistonlik Osiyo chempionatida bugun 4ta medal qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 751
Xitoyning Tsian shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati doirasida bugun yunon-rum kurashi ustalari ham bahslarga kirishdilar. Quvonarlisi, ushbu kun dasturida gilamga chiqqan vakillarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
-55 kg vazn toifasida kurashgan Nankin o'smirlar Olimpiadasi chempioni Islomjon Bahromov finalda yaponiyalik Xiromi Katagari bilan bellashdi. Bahsda 1:1 hisobida qayd etilgan bo'lsa-da, so'nggi ochko vakilimiz tomonidan qo'lga kiritilgani ustunlikni Bahromovga taqdim etdi va shu tariqa u Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi.
-63 kg vazn toifasida Rio Olimpiadasida bronza medali sovrindori Elmurod Tasmuradov finalda xitoylik Erbatu Tuo bilan bahsda 3:2 hisobida oldinda borayotgan payt jarohat oldi va murabbiylarimiz tavakkal qilmay, kurashchimizga bahsni davom ettirishga ruxsat berishmadi. Shu tariqa Tasmuradov kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, -130 kg vazn toifasidagi polvonimiz Mo'minjon Abdullaev ham finalda imkoniyatni boy berib, ikkinchi o'rinni egalladi.
Jahon chempionati finalchisi Rustam Assakalov (-87 kg) ham qit'a birinchiligidan medal bilan qaytadigan bo'ldi. Assakalov bronza medali uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Masato Sumidan 9:1 hisobida ustun keldi.