Manba: "Roma" nima sababdan "Barselona" bilan o'ynashdan bosh tortgani ma'lum bo'ldi. Bunga "PSJ" prezidenti sababchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

28 iyul kuni "Roma" hech qanday izoh bermasdan, "Barselona" bilan Joan Gamper kubogi uchun o'yinda ishtirok etishdan bosh tortdi.
Correira Dello Sport xabariga ko'ra, "PSJ" prezidenti va Evropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) rahbari Nosir Al-Xelayfi Rim klubiga bosim o'tkazgan.
"Roma" egasi Den Fridkin, ECA direktorlar kengashi va Ijroiya qo'mitasi a'zosi hisoblanadi. Fridkinni Gamper kubogidan voz kechishga ko'ndirgan assotsiatsiya rahbari edi.
Al-Xelayfi "Roma"ning "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etishiga qarshi chiqdi, chunki kataloniyaliklar Superliga asoschilaridan biri va hali ham turnirni o'tkazmoqchi.
UEFA va ECA esa Superliga tashkil qilinishiga qarshilik ko'rsatmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182