So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Muxlislarni yig'latgan futbolchilar…
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1137
Futbolchilar jonajon jamoalaridan ketish oldidan OAV uchun matbuot anjumani tashkil etishlari an'anaga aylanib ulgurdi. Bugun ana shunday uchrashuvlarda aytilgan eng ta'sirli so'zlarni e'tiboringizga havola etamiz
2015-yil Iker Kasilas
- Avvalambor, shu erga kelib meni qo'llab-quvvatlab turgan insonlarga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. To'g'risi, bugun men uchun o'ta og'ir kun. Umrimning eng yaxshi onlari o'tgan klubim bilan xayrlashmoqdaman. Meni bu erda ardoqlab katta qilishdi. Endi boshlagan ishimni «Poru»da davom ettiraman. Sizlar bilan esa, xayrlashmayman, sababi ha demay yana ko'rishamiz. Hala, Madrid!
2015-yil Xavi
- Men bundan 25 yil avval «Barselona»ga kelgan edim. Ishoning, bunday yutuqlarga erishish haqida xatto orzu ham qilmagan edim. Men «Barselona»dan minnatdorman va bu klubning bir bo'lagi ekanligimdan faxrlanaman. Sizlar bilan xayrlashish men uchun juda og'ir, ammo kelajakda, albatta, ortga qaytaman deb umid qilaman…
2018-yil Iniesta
- Bu klubda o'tgan 22 yil uchun hammaga rahmat aytmoqchiman. «Barselona»ga ilk kelgan kunlarimda bolakay edim. Endi erkak bo'lib uni tark etmoqdaman. Men dunyoning eng kuchli klubida o'ynaganim bilan faxrlanaman va bu haqida o'z farzandlarimga g'urur bilan aytib beraman. Hamma-hammasi uchun rahmat sizlarga…
2018-yil Arsen Venger
- Uzoq muddat davomida menga chidaganingiz uchun rahmat! Bilaman, sizlarga oson bo'lmagan (Kuladi). Men ham xuddi sizlar kabi «Arsenal»ning chin muxlisiman. Bu bilasizmi nima degani? Bu degani biz bir oilamiz va jamoamiz uchun birgalikda qayg'uramiz, quvonamiz, g'azablanamiz. Men keyingi mavsumda yigitlarimni chin yurakdan qo'llab-quvvatlab turishingizni sizlardan iltimos qilgan bo'lar edim. Ular shunga loyiq futbolchilar! Sizlarga oxirgi so'zimni aytmoqchiman. Men sizlarni juda sog'inaman…
Ronalduning «Yuventus»ga o'tish oldidan muxlislariga yozgan maktubidan parcha
“Bu buyuk 9 yilni hech qachon unutmayman. Mening qalbim «Real Madrid»ga bo'lgan mehr va sog'inchga to'la. Ketishimga keladigan bo'lsak, bunda klubning aybi yo'q. Men o'zim ulardan iltimos qildim. Hayotimda yangi sahifa ochish maqsadida Turinga yo'l olyapman. Shunday bo'lsada, «Real Madrid»ning emblemasi, stadioni, futbolkasi doim meniki bo'lib qolaveradi! Mening klub muxlislari oldida qarzim ko'p. Ular va jamoadoshlarim yordami bilan men jamiki sovrinlarni qo'lga kiritdim. Endi xayrlashish vaqti yaqinlashganida klubimga omad va zafarlar tilab qolaman. O'z so'zlarim yakunida bundan 9 yil avval aytganimdek Hala, Madrid!”