«Surxon» ispaniyalik hujumchini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87

«Surxon» jamoasi ispaniyalik futbolchi Xose Manuel Martines Bel transferini e'lon qildi.
«Jirona» va «Mursiya»da faoliyat olib borgan futbolchi «Surxon» bilan shartnoma imzoladi. Uning so'nggi jamoasi «Atletiko Baleares» edi.
30 yoshli futbolchi 2021/22 yilgi mavsum sobiq jamoasida barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ma'lumot uchun, Xose Manuel 1992 yil 25 martda tavallud topgan. Martines «Barselona»ning sobiq futbolchisi Manoloning o'g'li. U markaziy hujumchi ampluasida to'p tepadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203