"PSJ"da Sanshesh yiliga olti million evro ishlab oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"PSJ" "Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh bilan shaxsiy shartnoma shartlarini deyarli kelishib oldi. RMC Sport xabariga ko'ra, 24 yoshli portugaliyalik Parij klubida yiliga 6 million evro oladi.
U PSJ bilan 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Avvalroq, Sanshesh uchun asosiy da'vogar qishdan beri futbolchini sotib olishga urinayotgan "Milan" edi. Biroq portugaliyalik so'nggi daqiqada Italiya klubidan voz kechishga qaror qildi.
Renatu o'tgan mavsumda “Lill” safida barcha turnirlarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210