Dzanolo bilan shartnoma imzolash "Yuventus" uchun murakkablashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Roma" o'ng qanot hujumchisi Nikolo Dzanolo "Yuventus" qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi, deya xabar berdi La Stampa.
Manbaga ko'ra, rimliklar 22 yoshli futbolchini faqatgina 50 million evro naqd pulga sotmoqchi. Turinliklarda bunday katta mablag'ga o'yinchi sotib olishi kamroq shu sababli ular kelishuvga Arturni qo'shishmoqchi.
"Roma" rahbariyati bunga ko'nishi qiyin bo'lmoqda, chunki braziliyalik yarim himoyachi jamoaning transfer rejalariga kiritilmagan.
Nikolo va "Roma" o'rtasidagi kelishuv 2024 yilda yakunlanadi. Transfermarkt italiyalik futbolchini 33 millionga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198