Rafinya "Chelsi" taklifini qabul qilishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

"Lids" yarim himoyachisi Rafinya Dias Londonning "Chelsi" klubi unga taklif qilgan shartnoma shartlarini qabul qilishga tayyor. Jurnalist Nizar Kinsella fikricha, kelishuv tez orada yopilishi kerak.
"Chelsi" Rafinyaga yiliga 7 million evro maosh taklif qildi. Bu taklif Londonning "Arsenal" jamoasinikidan ko'proq.
Rafinyaning transferi "Chelsi"ga 70 million evroga tushadi. O'tishning barcha shartlari kecha "Lids" bilan kelishib olindi. Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumda Angliya premer-ligasida 11 ta gol urgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
248