Rasman! Masharipov harakat qilayotgan "An-Nassr"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83

“Lion” va “Roma” klublarining sobiq bosh murabbiyi Rudi Garsiya “An-Nassr”ni boshqarishga kirishdi, deya xabar beradi Saudiya Arabistoni klubi matbuot xizmati. 58 yoshli murabbiy bilan kelishuvi tafsilotlari oshkor etilmagan.
"An-Nassr" direktorlar kengashi raisi Musli Al Muammar frantsiyalik mutaxassis Rudi Garsiya bilan shartnoma imzoladi, u klubning asosiy jamoasi bilan ishlaydi. Ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o'tamiz, Garsiya avvalroq "Sent-Eten", "Dijon", "Le Man", "Lill", "Roma", "Marsel", "Lion" va boshqa klublarda ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
302