“Inter” “Empoli” futbolchisini sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84
37
"Empoli" yarim himoyachisi Kristian Asllani "Inter"ga o'tadi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Shkira.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi hozir tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. U bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan, yiliga 1,2 million evro maosh bilan shartnoma tuzilgan. Futbolchi "ilonlar" safiga to'rt million evro evaziga ijaraga o'tadi va bir mavsumdan keyin 10 million evroga sotib olinadi.
Asllani "Empoli" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'z jamoasi uchun barcha turnirlarda 27 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319