"Barselona" Depay uchun narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Hujumchi Memfis Depay joriy transfer oynasida “Barselona”ni tark etishi mumkin. Triball Football xabariga ko'ra, klub rahbariyati futbolchini sotishga qaror qilib, uning narxini belgilab qo'ygan.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar agar buning uchun 20 million evro taklif qilsalar, Memfisni sotadi. Bunday kichik miqdor futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugashi bilan bog'liq.
2021/2022 yilgi mavsumda hujumchi Ispaniya chempionatining 28 uchrashuvida 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318