"Manchester Yunayted" yangi himoyachini sotib olishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140
38
"Feyenoord" himoyachisi Tirell Malasia "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqinlashmoqda, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manba bergan xabarga ko'ra, bugun futbolchining agenti Manchester klubi rahbariyati bilan shaxsiy shartnomasi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. “Qizil iblislar” yaqin vaqt ichida chap qanot bilan rasman shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Futbolchi transferi uchun "Feyenoord" 15 million evro va bonus sifatida ikki million evro oladi.
O'tgan mavsumda Malasia Rotterdam klubi safida barcha musobaqalarda 50ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan va 5ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319