"Chelsi" A Seriyaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan birini sotib olishni ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

Rimning “Latsio” klubi yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich London “Chelsi”sining transfer nishoniga aylandi. Jurnalist Saymon Fillipsning xabarlariga ko'ra, "ko'klar" ushbu transfer oynasida serbni olib kelishni ko'rib chiqadi.
Futbolchining "Latsio" bilan shartnomasi bo'yicha bor-yo'g'i bir yili qoldi. Yarim himoyachining o'zi ham jamoani tark etib, o'z kuchini boshqa jamoada sinab ko'rmoqchi.
Eslatib o'tamiz, "Latsio" Milinkovich-Savich uchun 50 million evro talab qilmoqda, bu esa hozircha A Seriya klublarini qo'rqitmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
383