So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Akbar Jo'raev Osiyo chempionatining 3 ta kumush medalini qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 431
Xitoyning Ninbo shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati bellashuvlari davom etmoqda.
Bugun ham musobaqada ishtirok etgan sportchilar O'zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi medallarni taqdim qildi.
-109 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Akbar Jo'raev dast va siltab ko'tarish, shuningdek, ikki kurash bo'yicha 3 ta kumush medalga egalik qildi. E'tiborli jihati, siltab ko'tarish mashqi bo'yicha 3 ishtirokchi bir xil 225 kilogram natija qayd etishgan edi, biroq urinishlar bo'yicha u yakunda yana kumush medal bilan taqdirlandi.
Batafsil:
Og'ir atletika bo'yicha OCh. Xitoy
Erkaklar, -109 kg:
1.Chje Yan (Xitoy) – 417 kg (192 kg + 225 kg)
2. Akbar Jo'raev (O'zbekiston) – 410 kg (185 kg + 225 kg)
3. Ali Hoshimiy (Eron) – 406 kg (180 kg + 25 kg).