Zlatan "Milan"da olti oy qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82
37
La Repubblica nashrining yozishicha, Ibragimovich hozircha nafaqaga chiqish niyatida emas. Futbolchi Milandagi minimal shartlarga rozi bo'ldi.
Shartnoma olti oyga mo'ljallangan. Hujumchi oyiga 100 ming evro maosh oladi. Shartnoma ramziy ma'noga ega, chunki futbolchi jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi.
Agar Ibragimovich tuzalib, formaga kirsa, mavsumning qolgan qismi uchun shartnoma imzolagan bo'ladi. O'tgan mavsumda Zlatan ko'plab jarohatlar oldi, ammo baribir sakkizta gol urdi va chempionlikka hissa qo'shdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173