"Atletiko" Belerin bilan muzokara o'tkazmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66

El Desmarque xabariga ko'ra, Madridning "Atletiko" klubi "Arsenal" himoyachisi Ektor Belerinni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Manbaning xabariga ko'ra, "matraschilar" rahbariyati futbolchi vakillari bilan muzokara olib borgan. Endi "Atletiko" London klubi bilan transfer borasida muzokara olib borishi kerak. 27 yoshli futbolchining o'zi o'tgan mavsumni ijara asosida o'tkazgan "Betis"ga qaytishni istaydi.
Andalusiyaliklar safida Belerin 32 marta maydonga tushib, bu uchrashuvlarda beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181