"Inter" Dibala bilan kelishuvga erisha olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 97

Milanning "Inter" klubi rahbariyati argentinalik hujumchi Paulo Dibala bilan shartnoma shartlari borasida haligacha kelisha olmayapti.
Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, Milan klubi va 28 yoshli argentinalik futbolchi shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralarda murosa topa olishmayapti. Tomonlar ish haqi masalasida kelisha olmayapti. Eslatib o'tamiz, Dibalaning so'nggi klubi Turinning "Yuventus" klubi bo'lgan, ammo ayni damda forvard erkin agent maqomida.
O'tgan mavsumda Paulo Dibala Italiya chempionatida 29 o'yin o'tkazib, o'nta gol urdi va beshta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228