Levandovski "Bavariya"ning mavsumoldi yig'inlarida ishtirok etish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64

Myunxenning “Bavariya” klubi markaziy hujumchisi Robert Levandovski “Barselona”ga o'tish fikridan qaytgani yo'q. Sport.es nashri xabariga ko'ra, 33 yoshli hujumchi kelasi oy o'rtalarida "ko'k-anorranglilar" safiga qo'shilishni kutmoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, Levandovski "Bavariya" yig'inida ishtirok etish niyatida emas. "Barselona" Robertni o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo hozircha "Bavariya" bilan transfer uchun tovon puli borasida kelisha olmayapti. “Ko'k-anorranglilar” 40 million evro to'lashga tayyor, nemislar esa kamida 50 million evro ishlab olishni rejalashtirishmoqda.
Hujumchi o'tgan mavsumda 46 o'yinda 50 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222