"Real" Azarga so'nggi imkoniyatni berishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar kelasi mavsumda "Real"da qoladi. Marca nashri xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati yarim himoyachiga so'nggi imkoniyat berishga tayyor. O'zini ko'rsatish uchun Azar har qanday pozitsiyada o'ynashga tayyor bo'lishi kerak.
Azarga katta umid bog'langan edi, lekin u Ispaniya poytaxtida o'zining eng yaxshi fazilatlarini ko'rsata olmadi. Belgiyalik futbolchi “Real” safida barcha musobaqalarda 66 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Bir necha omadsiz mavsum tufayli Edenning transfer narxi 12 million evroga tushib ketdi. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226