"Yuventus" italiyalik iqtidorga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

"Jenoa" himoyachisi Andrea Kambyazoga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira tvitterida.
Manba bergan xabarga ko'ra, Turin klubi vakillari bir necha kun avval “Jenoa” va “Salernitana” jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida borib, yosh futbolchining o'yinini kuzatishgan.
22 yoshli Kambyazo o'tgan mavsumda “Jenoa” safida barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230