Kulibaliga APL grandi qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Martsio o'z saytida xabar berishicha, "Chelsi" Londonda 30 yoshli senegallik bilan ilk muzokaralarini o'tkazgan.
Oldinroq Senegal terma jamoasi futbolchisining o'zi neapolliklar safida qolishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Buning uchun u hatto maoshini kamaytirishga ham tayyor.
Kulibalining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
2021/22 yilgi mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206