"Real" va "PSJ" sobiq hujumchisi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 82

Hujumchi Xese Rodriges “Las-Palmas”dan "Ankaragyudju"ga ko'chib o'tdi. Seshanba kuni turk klubi 29 yoshli ispaniyalikning transferini e'lon qildi.
Xese turk jamoasi bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Forvard o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik hujumchi avvalroq "Sporting", "Betis", "Real" va "PSJ" klublarida ham to'p tepgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181