Skamakkaning o'rni kim bilan to'ldirilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

"Sassuolo" "Verona" hujumchisi Matteo Kanchelerini o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, "qora-yashillar" 20 yoshli italiyalik uchun 6 million evro taklif qilishgan. "Sassuolo" futbolchi bilan 2027 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolash niyatida.
2021/22 yilgi mavsumda Kancheleri “Verona” safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 3 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184