"Ayaks" bosh murabbiyi Bergveyn transferi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88

"Ayaks" bosh murabbiyi Alfred Shryoder hujumchi Stiven Bergveynning transferi borasidagi muzokaralarning borishi haqida gapirdi.
“Hali hech narsa hal qilinmagan. Siz biroz kutishingiz kerak ", - dedi Shryoder.
Oldinroq "Ayaks" 24 yoshli niderlandiyalik uchun 22,5 million evro taklif qilishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Bonuslarni qo'shib hisoblaganda, summa 25 million evrogacha ko'tarilishi mumkin.
2021/22 yilgi mavsumda Bergveyn "Tottenxem" safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186