So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Barselona» AQSh kompaniyasi bilan 205 mln evrolik shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75
«Barselona» klubi o'zining teletranslyatsiyalar huquqidan oladigan daromadlarining 10% qismini sotishga qaror qildi. Ushbu huquq AQShning "Sixth Street" kompaniyasiga 205 million evroga sotildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq klub televizion huquqlarining 25 foizi va jamoa atributikalari bo'yicha biznesining 50 foizini sotish orqali o'zining moliyaviy ahvolini yaxshilash bo'yicha rejani tasdiqlagandi. Amerika kompaniyasi bilan mazkur kelishuv o'sha reja asosida amalga oshirildi.
Ma'lumot o'rnida. "Sixth Street" kompaniyasi «San-Antonio» basketbol klubi aktsiyalarining 20 foiziga egalik qiladi. Shuningdek, tashkilot «Real»ga 380 million dollar miqdorida investitsiya kiritgan. Madridliklar stadiondan olgan daromadlarning 30 foizini ushbu kompaniya hisobiga o'tkazib beradi.