Skamakka hali hamon "PSJ"ning asosiy maqsadi bo'lib turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakkini qo'lga kiritish "PSJ"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi hisoblanadi.
Le Parisen xabariga ko'ra, parijliklar 23 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi. "PSJ" hujumchi uchun "Sassuolo"ga 35 million evro taklif qildi.
Qayd etilishicha, italyan klubi Skamakkani 50 million evroga baholamoqda.
Avvalroq "Atletiko" "Sassuolo" hujumchisi uchun kurashga qo'shilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
2021/22 yilgi mavsumda Skamakka klub safida barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Hujumchining “Sassuolo” bilan shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206