Manba: Zlatan Ibrahimovich "Milan" bilan yangi shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich yangi shartnoma imzoladi, deb xabar beradi La Republicca.
Tizzasidagi jarrohlik amaliyotidan so'ng tuzalayotgan 40 yoshli shved “Milan” jamoasi bilan 6 oylik shartnoma imzoladi.
Hujumchi o'ynay olmaguncha klub unga ortiqcha maosh bermasligi uchun 100 ming evro maosh olishga rozi bo'ldi.
Qishda, agar shved futbolchi faoliyatini davom ettira olsa, tomonlar 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi qismi uchun hamkorlikni uzaytirishi mumkin.
Ibrahimovich o'tgan mavsumda "rossonerilar" safida 27 o'yinda 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236