Suares "River Pleyt"da yiliga qancha maosh olishi mumkinligi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Atletiko" hujumchisi Luis Suaresning "River Pleyt" bilan bo'lishi mumkin bo'lgan kelishuvi tafsilotlari ma'lum bo'ldi.
Argentina klubi 35 yoshli urugvaylik futbolchiga yiliga 3 million evro maosh va Libertadores kubogida g'olib chiqsa, 1 million bonus taklif qilmoqda, deya xabar beradi AS nashri.
Suaresning “Atletiko” bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Shuningdek, futbolchining "Barselona" yoki "Ayaks"ga qaytishi mumkinligi ham xabar qilingandi.
Hujumchi o'tgan mavsumda Madrid klubi safida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236