Rasman! Botman "Nyukasl" futbolchisi sifatida tanishtirildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"Lill" himoyachisi Sven Botman "Nyukasl"ga o'tdi, deb xabar beradi ingliz klubi matbuot xizmati.
22 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolangan.
"Nyukasl" futbolchining transferi uchun "Lill"ga 35 million funt to'lashi xabar qilingandi.
Shuningdek, himoyachiga yana bir asosiy da'vogarlardan biri "Milan" edi.
2021/22-yilgi mavsumda Botman “Lill” safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com saytida himoyachi 27 million funtga baholangan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241