"PSJ" Shkrinyar bilan kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"PSJ" "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Get French Football News.
Parijliklar yaqin orada Italiya klubi rahbariyati bilan futbolchi transferi borasida kelishuvga erishishlariga ishonch bildirmoqda.
“Inter” avvalroq parijliklarning yarim himoyachi Yulian Draksler + 60 million evrolik taklifini rad etgan edi.
2021/22-yilgi mavsumda Shkrinyar “Inter” safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229