"Borussiya D" sobiq futbolchisi Emre Mor faoliyatini Turkiyada davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

Yarim himoyachi Emre Mor "Selta"dan "Fenerbaxche"ga o'tadi. Turkiya klubi rasmiy saytida 24 yoshli turkiyalikning transferi bo'yicha kelishuvga erishilganini e'lon qildi.
"Jamoamiz Emre Morning transferi bo'yicha klub va futbolchining o'zi bilan printsipial kelishuvga erishdi", - deyiladi Istanbulliklar bayonotida.
Mor o'tgan mavsumda "Fotih Karagumruk" safida ijara asosida o'ynagandi. U barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Mor avvalroq Dortmundning "Borussiya", "Galatasaroy" va "Olimpiakos" klublarida ham to'p tepgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237