"Real" Raysning transferiga qiziqib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Madridning "Real" klubi "Vest Xem" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Raysga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Defence Central.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Biroq inglizlar futbolchini 100 million evroga baholayotgani muammoga aylanishi mumkin.
23 yoshli Rays o'tgan mavsumda “Vest Xem” safida barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229