Kampos Ekitike transferini talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

"PSJ"ning yangi sport direktori Luis Kampos klub rahbariyatini "Reyms" hujumchisi Ugo Ekitike bilan shartnoma imzolashga haligacha ishontira olmadi.
Jurnalist Adrien Grenierning fikricha, Ekitikeni sotib olishning asosiy tashabbuskori Kampos, qatarlik "PSJ" xo'jayinlari esa xaridning maqsadga muvofiqligiga shubha qilishmoqda, chunki Ekitike Messi, Mbappe va Neymar bilan bir tarkibda o'ynashi dargumon.
O'tgan mavsum Ekitike Liga 1ning asosiy kashfiyotlaridan biriga aylandi. Futbolchiga "Real" ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
130