Botman Premer-liga klubida tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103
37
Frantsiyaning “Lill” klubi himoyachisi Sven Botman Angliyaning “Nyukasl” klubiga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi, deb xabar beradi Sky Sports.
Britaniyalik jurnalistlar xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi hozir "Nyukasl"ning uy stadionida bo'lib turibdi. Yaqin soatlarda tomonlar shartnomani imzolaydilar. Shartnoma 35 million funt (40 million evro)ga baholangan.
Botman "Nyukasl" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Himoyachi o'tgan mavsumda "Lill" tarkibida 32 o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida uchta gol va bitta golli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
130