"Inter" bosh direktori Shkrinyar transferi bo'yicha vaziyatga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87

"Inter" bosh direktori Beppe Marotta "PSJ"ning himoyachi Milan Shkrinyarga bo'lgan qiziqishiga munosabat bildirdi.
"Ba'zi klublar Milanga qiziqish bildirmoqda, bu normal holat. Biz xotirjamlik bilan qaror qabul qilamiz. Biz har qanday futbolchimiz uchun uning o'zi kelib, transfer so'ramaguncha kurashishga tayyormiz", - deya Marotta so'zlarini keltiradi GOAL.
2021/22 yilgi mavsumda Shkrinyar “Inter” safida 48 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 65 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
118