"Milan" Ziesh bilan shartnoma imzolasa Salemakers jamoadan ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84
41
Italiya OAVlari agar Hakim Ziesh "rossonerilar"ga o'tsa, "Milan" Aleksis Salemakersni sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatdi. Oldinroq marokashlik futbolchi yozda Premer-ligadan A seriyaga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manba bergan xabarga ko'ra, "rossonerilar" Salemakers uchun taxminan 20 million evro olish niyatida. Ammo hozircha futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar yo'qligi qayd etilgan.
O'tgan mavsum futbolchi "rossonerilar" libosida 46 o'yin o'tkazdi. Salemekers ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
157