El-Shaaravi Turkiyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

"Galatasaroy" "Roma" hujumchisi Stefan El-Shaaraviga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi football Italia.
Manbaning xabariga ko'ra, turk klubi 29 yoshli italiyalik futbolchini shu yozda sotib olish ehtimoli bo'yicha surishtiruv o'tkazgan.
El-Shaaravi o'tgan mavsumda "Roma" safida 36 o'yinda 7 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 6 million evroga baholamoqda.
Avvalroq, hujumchiga "Montsa" va "Atalanta" ham da'vogarlik qilayotgani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
155