"Barselona" Levandovski va Silvadan sabrli bo'lishni so'rashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"Barselona" rahbarlari portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva va polshalik hujumchi Robert Levandovskidan bir necha hafta kutishni so'rashdi.
A Bola xabariga ko'ra, Kataloniya jamoasi vakillari Silva va Levandovski bilan bog'lanishgan, ular bilan klub yozda shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Jamoa o'yinchilardan sabrli bo'lishni va "Barselona" rahbarlari transferlar uchun pul yig'ishini bir necha hafta kutishlarini so'radi.
Eslatib o'tamiz, Bernardu Silva "Manchester Siti"da, Robert Levandovski esa "Bavariya"da o'ynaydi. Har ikki futbolchi yozda Kataloniya klubiga o'tmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
150