OFK kubogi. O'zbek klubi yubiley o'yinda yubiley g'alabani qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64

OFK kubogi guruh bosqichidan 2-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" va Tojikistonning TsSKA klublari o'rtasidagi bahs o'zbek klublari uchun mazkur musobaqadagi yubiley o'yin va yubiley g'alaba bo'ldi.
Vakillarimiz 2009 yildan buyon OFK kubogida ishtirok eta boshlashgan bo'lib, kechagi o'yin turnirdagi 50-uchrashuv bo'ldi. Bu bahslarning teng yarmi "Nasaf" hisobiga to'g'ri keladi.
25 — "Nasaf"
16 — "Neftchi
7 — "Sho'rtan"
2 — "So'g'diyona"
O'zbekiston jamoalarining OFK kubogidagi g'alabalari soni 30taga etdi. Bu borada ham "Nasaf" etakchi:
19 — "Nasaf"
7 — "Neftchi"
2 — "Sho'rtan", "So'g'diyona"
Kechagi g'alabadan so'ng musobaqadagi jami to'plagan ochkolarimiz yuztadan oshdi, ya'ni 101taga etdi:
60- "Nasaf"
26 — "Neftchi"
9 — "Sho'rtan"
6 — "So'g'diyona"

Bosh sahifaga
121