Kuman Frenki de Yongning "Barselona"dagi kelajagi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman o'z hamyurti, 25 yoshli yarim himoyachisi Frenki de Yongning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Men bilganim shuki, Frenki "Barsa"da qolishni xohlaydi. U bir necha kun oldin menga ushbu klubda o'ynashni davom ettirishni istayotganini aytdi. "Barsa" uni sotmoqchimi yoki yo'qligini bilmayman, lekin ularga pul kerakligi mantiqan to'g'ri keladi va De Yong yaxshi pul olishi mumkin bo'lgan kam sonli futbolchilardan biri", - deya Kumanning so'zlarini keltiradi Sport.es.
De Yong o'tgan mavsumda "Barselona" safida La Ligada 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
118