Di Mariya shu hafta "Yuventus" futbolchisiga aylanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71

Hujumchi Anxel Di Mariya "Yuventus"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning ta'kidlashicha, 34 yoshli argentinalik bilan shartnomaning yakuniy tafsilotlari bo'yicha muzokaralar shu haftada ham kelishuvni tezroq yakunlash uchun davom etadi. Bosh murabbiy Massimiliano Allegri uchun Di Mariya transfer oynasida xarid qilinishi kerak bo'lgan birinchi o'rindagi hujumchi.
Oldinroq, Di Mariya yiliga 7 million evro maosh va bonuslar hamda keyingi yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzolashi xabar qilingandi.
Anxel o'tgan mavsumda "PSJ" safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
120