Masharipovga BAAning 2ta klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

Saudiya Arabistonining "An-Nassr" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklari chempionatida davom ettirishi mumkin. Unga "Al-Jazira" va "Shabab al-Ahli" klublari qiziqish bildirishmoqda. Ular o'zbekistonlik futbolchini yozgi transfer paytida qo'lga kiritishni istashmoqda.
"An-Nassr" esa qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Jamoa Masharipov borasida qabul qilishni yangi bosh murabbiyi Rudi Garsiyaning ixtiyoriga havola etadi. Jaloliddinning ar-riyodliklar bilan shartnomasi bir yildan so'ng yakuniga etadi.
Eslatib o'tamiz, Masharipov mavsum-2020/2021da ijara asosida "Shabab al-Ahli" klubi sharafini himoya qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206