"PSJ" Pochettino va uning yordamchilariga 15 million evro to'laydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98

"PSJ" Maurisio Pochettino va uning yordamchilariga shartnoma muddatidan oldin bekor qilingani uchun tovon puli to'lashi kerak, deb xabar beradi Le10Sport L'Equipe nashriga tayanib.
Manbaga ko'ra, frantsuz klubi Pochettino va uning murabbiylar shtabiga jami 15 million evro to'lashi kerak. Qayd etilishicha, Pochettino tovon puli miqdorini kamaytirish masalasini muhokama qilishga rozi bo'lmagan.
Pochettinoning ketishi yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi kerak.
Ma'lum bo'lishicha, Pochettinoning "PSJ" bosh murabbiyi sifatidagi o'rnini "Nitstsa" sobiq ustozi Kristof Galte egallaydi.
Mutaxassis 4 iyul kuni bo'lib o'tadigan ta'tildan keyingi birinchi mashg'ulotda jamoani boshqarishni boshlashi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265