"Yuventus" "Roma"ga bir nechta variant taqdim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Roma" qanot hujumchisi Nikolo Dzanoloni qo'lga kiritish uchun "Yuventus" bir nechta futbolchilarini shartnomaga qo'shishga tayyor.
La Gazette Dello Sport xabariga ko'ra, "Roma" Artur Ramos, Fabio Miretti va Djakomo Vrionilardan birini o'z tarkibiga qo'shib olish orqali Dzanolo narxini "Yuventus"ga tushirib berishi mumkin.
Manbaga ko'ra, "Yuventus" italiyalik uchun so'ralayotgan narxini 50-60 million evroga tushirish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda.
Artur Rim klubi uchun variantlardan biriga o'xshaydi, biroq braziliyalik futbolchi Rim bosh murabbiyi Joze Mourinoning ustuvorliklar ro'yxatida birinchi o'rinda emas, deya qo'shimcha qilgan manba.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232