Neymarning "Chelsi"ga transferida bir muammo bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "PSJ"ning braziliyalik hujumchisi Neymarni yaxshi ko'radi, deb xabar beradi Sky Sports Germany.
Manbaga ko'ra, Neymarning "Chelsi"ga o'tishidagi muammo - braziliyalik hujumchining yuqori maoshi. "PSJ" tarkibida u 30 million evroga yaqin maosh oladi. Agar Neymar maoshini kamaytirishga rozi bo'lmasa, katta ehtimol bilan London klubiga o'ta olmaydi.
Avvalroq Neymarga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Oldinroq Neymar "PSJ"ni tark etmoqchi ekanligi ma'lum bo'lgandi. Shu bilan birga, klubning o'zi ham maoshni tushirish uchun braziliyalik hujumchining ketishidan manfaatdor.
Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281