Dembelega beshta grand klub qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Beshta top-klub “Barselona”ning frantsiyalik hujumchisi Usmon Dembelega ko'z tikdi, deb xabar beradi Diario Sport.
Manbaga ko'ra, "Bavariya", "PSJ", "Chelsi" va "Liverpul" futbolchini sotib olmoqchi. "Barselona" ham futbolchini saqlab qolishga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Shunday qilib, u erkin agent sifatida boshqa klubga o'tishi mumkin.
25 yoshli Dembele o'tgan mavsumda "Barselona" safida barcha turnirlarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
322