"Ayaks" Antoni uchun 80 million evro talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Amsterdamning "Ayaks" klubi "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqayotgan braziliyalik hujumchi Antoni uchun juda katta pul olmoqchi, deb yozdi jurnalist Fabritsio Romano tvitterda.
Manbaga ko'ra, Niderlandiya klubi futbolchi uchun 80 million evro talab qilmoqda va uning narxini pasaytirish niyatida emas. Shunday qilib, o'yinchining ketish ehtimoli kamayadi. Oldinroq "Manchester Yunayted" braziliyalik futbolchini 45 million evro evaziga sotib olishga yaqin ekani xabar qilingandi.
22 yoshli Antoni o'tgan mavsumda "Ayaks" safida barcha turnirlarda 32 o'yinda maydonga tushib, 12 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340