"Atletiko" "Sassuolo" hujumchisi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"Atletiko" "Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakkani sotib olmoqchi. Italiya klubi futbolchi uchun 45 million evro talab qildi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Avvalroq Italiya terma jamoasining 23 yoshli futbolchisiga asosiy da'vogar "PSJ" ekanligi haqida xabar berilgandi. Frantsuz klubi hujumchi bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolashga tayyor. Uning maoshi mavsumiga 3,5 million evroni tashkil qiladi.
Biroq Parij klubi futbolchi uchun 35 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor emas.
2021/22 yilgi mavsumda Skamakka Italiya A seriyasida 36 o'yinda 16 ta gol urdi. Hujumchining “Sassuolo” bilan shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
424