"Inter" bosh direktori Dibala bilan muzokaralar haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67

"Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta "Yuventus"ning sobiq hujumchisi Paulo Dibala bilan muzokaralarning borishi haqida gapirdi.
“Biz uning agentlari bilan uchrashuv o'tkazdik. Biz turli xil variantlarni ko'rib chiqamiz. Biroq, ikkala tomon ham ushbu shartlarga rozi bo'lishi kerak. Hozircha men aniq bir narsa qo'sha olmayman", - deya Marottadan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Avvalroq, futbolchi milanliklar klubi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi. Uning "Inter"dagi maoshi bonuslar bilan birga yiliga 8 million evroni tashkil qiladi.
Dibala o'tgan mavsumda "Yuventus" tarkibida 39 o'yinda 15 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi. U Turin klubini tekinga tark etadi.

Bosh sahifaga
368