Insine "Toronto"ga transferi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84

“Toronto” hujumchisi Lorentso Insine Kanada klubiga o'tish haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men 31 yoshdaman, lekin qari emasman va Evropada qolishim mumkin edi. Biroq, men hayot foydasiga tanlov qildim. Neapoldagi o'n yil, muvaffaqiyatlar va afsuslarimdan so'ng, men yangi vazifani oldim. Men MLSda g'alaba qozongan birinchi italiyalik bo'lishni xohlayman.
Neapol uzoqda, lekin bu erda men ko'plab italiyaliklar orasida o'zimni uydagidek his qilyapman. Men sevilganimni his qilaman. Men “Napoli” va Italiya terma jamoasida 10 yil o'ynadim, shuning uchun ham ma'lum bir bosimga ko'nikdim. Men bu erda o'z qadr-qimmatimni isbotlamoqchiman va “Toronto” bilan g'alaba qozonishni istayman”, — deya Insine so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
31 yoshli italiyalik "Toronto"ga erkin agent sifatida kelib qo'shildi. Forvard 2010 yilning yanvaridan beri "Napoli"da o'ynab kelayotgan edi. Insine o'tgan mavsumda 37 o'yin o'tkazib, 13 gol va 10 golga assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
373